O‘zbekiston yanvarda eng katta oltin xaridori bo‘ldi
Jamiyat
−
05 mart
6511O‘zbekiston joriy yilning yanvar oyida 8 tonna sof oltin xarid qildi va bu dunyoda eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda Jahon oltin kengashi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Markaziy banki yanvar oyida 8 tonna sof oltin xarid qilganini ma’lum qilgan. Natijada mamlakatning oltin zaxiralari 391 tonnaga yetib, jami zaxiralarning 82 foizini tashkil qilmoqda.
Shuningdek, Xitoy Xalq banki (PBoC) uchinchi oy ketma-ket oltin xarid qilishda davom etib, yanvar oyida yana 5 tonna qo‘shgan. Natijada PBoCning oltin zaxiralari 2 285 tonnaga yetib, jami zaxiralarning 6 foizini tashkil etmoqda.
Qozog‘iston Milliy banki (NBK) esa oltin zaxiralariga yana 4 tonna qo‘shgan. 2025 yil 17 yanvarda matbuot anjumanida NBK raisi Timur Suleymenov markaziy bank “oltin xaridlarida monetar neytrallikka o‘tish” masalasini muhokama qilayotganini ma’lum qilgan. Bu xalqaro zaxiralarni oshirish va “iqtisodni tashqi zarbalardan himoya qilish” maqsadini ko‘zlaydi. Shuningdek, NBK oltin xaridlari bilan bog‘liq “aks ta’sir operatsiyalari” doirasida AQSH dollarini sotishni boshlaganini xabar qilgan. Qozog‘istonning oltin zaxiralari 288 tonnaga yetib, jami zaxiralarning 55 foizini tashkil qilmoqda.
2025 yilda oltin xarid qilishni davom ettirgan boshqa markaziy banklar orasida Polsha Milliy banki (3 tonna), Hindiston Zaxira banki (3 tonna), Chexiya Milliy banki (2 tonna) va Qatar Markaziy banki (1 tonna) bor.
Yanvar oyida sezilarli darajada oltin sotgan davlatlar qatoriga Rossiya Markaziy banki va Iordaniya Markaziy banki (har biri 3 tonnadan), shuningdek, Qirg‘iziston Milliy banki (2 tonna) kirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yil noyabr oyida O‘zbekiston Markaziy banki oltin zaxiralarini 9 tonnaga oshirgani xabar qilingan edi. Bu davrda eng yirik oltin sotib oluvchilardan biri bu – Polsha Milliy banki bo‘lib, u zaxiralarini 21 tonnaga oshirgan. Shuningdek, Hindiston, Qozog‘iston va Xitoyning zaxira banklarining har biri 5 tonna oltin sotib olgan. Singapur esa asosiy sotuvchi bo‘lib, 5 tonna oltin sotgan.
LiveBarchasi