O‘zbekiston yana bir davlat bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 3 fevral kuni San-Marinoning Italiya poytaxti Rim shahridagi elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi va San-Marino Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi protokolni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, hujjatni O‘zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Elchisi Otabek Akbarov va San-Marino Respublikasining Italiya Respublikasidagi Elchisi Daniyela Rotondaro imzolagan.

Protokol shartlariga ko‘ra mazkur hujjat San-Marino tomonidan tegishli ichki jarayonlar yakunlanganidan keyin kuchga kiradi.

Hujjatda O‘zbekiston va San-Marino BMT Ustavi va xalqaro huquq tamoyillariga amal qilgan holda, ikki mamlakat o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini rivojlantirish hamda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash istagida diplomatik munosabatlarni o‘rnatishga qaror qilgani qayd etilgan.

Marosim yakunida O‘zbekiston va San-Marino o‘rtasida tomonlarni qiziqtirgan sohalardagi, jumladan mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning istiqbollari batafsil muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing