O‘zbekiston yana 400 ga yaqin afg‘on qochqinini qabul qilib, kovid-markaziga joyladi — OAV

Jamiyat

image

O‘zbekiston hukumati Afg‘onistondan yana 400 ga yaqin qochqinni qabul qildi, ular vaqtincha o‘zbek-afg‘on chegarasi yaqinidagi kovid-markazi hududiga joylashtirildi. Bu haqda TASS Termizdagi manbasiga tayanib xabar bermoqda

Qayd etilishicha, bu yerda, Marshal Abdul Rashid Do‘stum qo‘mondonligi ostida bo‘lgan hukumat qo‘shinlari bo‘linmalaridan 650 ga yaqin ofitser bor. 

“Qochqinlarning yangi guruhi samolyotda, ehtimol, bugun kechasi Termizga yetib keldi. Ularning PZR testlari salbiy chiqqan. Ular nima uchun Marshal Do‘stum bo‘linmalari ofitserlari kabi, yaxshi qo‘riqlanadigan, izolyatsiya qilingan hududga joylashtirilgani hozircha noma’lum”, deydi nashr manbasi.

Qayd etish kerakki, QALAMPIR.UZ ushbu xabar yuzasidan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga aloqaga chiqdi. SSV matbuot kotibi Furqat Sanayev ham, Sanitariya-epidemiologik xizmati vakili ham ushbu xabar yuzasidan ma’lumotga ega emasligini, ammo aniqlik kiritishini qayd etdi. 
 
Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi “Tolibon” harakati vakillari bilan kelishilgan holda, 150 nafar afg‘on qochqinlari Termizdan o‘z vatanlariga qaytarilgani, ularning xavfsizligi kafolatlangani haqida xabar berdi. Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan bir necha kun mobaynida O‘zbekiston hududi orqali xorijiy davlatlarning 1982 fuqarosi evakuatsiya qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

229

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing