O‘zbekiston YAIM hajmi 80 milliard dollardan oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti hajmi ilk bor 80 milliard dollardan oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Oliy Majlis palatalariga yo‘llayotgan murojaatida ma’lum qildi. 

“Keng ko‘lamli va samarali islohotlarimiz natijasida, yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 80 milliard dollardan oshdi”, deydi Mirziyoyev. 

Iqtisodiyotimizga shu yilning o‘zida 8 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kirib keldi, eksportimiz esa, 19 milliard dollarga yetdi”, deydi davlat rahbari.

Ma’lumot uchun, yalpi ichki mahsulot hajmi 2018 yilda 52 milliard dollar bo‘lgan, eksport hajmi esa 2018 yilda 14 milliard dollar bo‘lgan.

“Biz, bu yil tariximizda ilk bor pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lmagan darajaga olib chiqdik. Misol uchun, 2017 yilda kam ta’minlangan 500 ming oila ijtimoiy yordam olgan bo‘lsa, bugunga kelib 2 milliondan ortiq oilalarga ko‘mak berilmoqda”, deydi Prezident.

Ta’kidlanishicha, jratilayotgan mablag‘lar 7 baravar ko‘paytirilib, yiliga 11 trillion so‘mga yetgan. 

“Biz ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini, aholi jon boshiga daromadlarni oshirish siyosatini izchil davom ettiramiz. Har bir raqam ortida mashaqqatli mehnat yotibdi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

127

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing