O‘zbekiston YAIM hajmi 7,2 foizga o‘sdi

Jamiyat

image

Joriy yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi 7,2 foizga oshgan. Bu haqda bugun, 12 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, yalpi ichki mahsulot tarkibida bozor xizmatlari 8,2 foizga, sanoat ishlab chiqarish 6,6 foizga, qurilish ishlari 10,7 foizga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 4 foizga oshgan.

Bildirilishicha, hisobot davrida jami 21 mlrd dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilib, bu ko‘rsatgich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 foizga o‘sgan. Qiymati 2,5 mlrd dollarlik 30 ta loyihalarni ishga tushirish orqali 3 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan, 66 ta tumanga 50 mln dollardan ko‘p sarmoya kiritilgan.

Davlat byudjeti daromadlari 144,2 trln so‘mga yetib, 27,8 foizga ko‘paygan. Davlat byudjetining xarajatlari hisobot davrida 173,3 trln so‘mni tashkil etib, 16,4 foizga o‘sgan. Shundan, ijtimoiy sohalarga yo‘naltirilgan mablag‘ 86,2 trln so‘mni tashkil qilib, o‘tgan oyning shu davriga nisbatan 16,4 foizga ko‘p. Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 14,7 trln so‘m subsidiyalar ajratilgan.

Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 77 foizga, maktabga tayyorlov tizimida qamrov 96 foizga yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning  I choragida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarz hajmi 68,4 mlrd dollarni tashkil qilib, shundan davlat tashqi qarzi hajmi 35,8 mlrd dollar hamda korporativ tashqi qarz hajmi 32,6 mlrd dollarga teng bo‘lgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

investitsiya yalpi ichki mahsulot tadbirkorlik sub'ektlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing