O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi tashkil etildi
Jamiyat
−
05 dekabr 2020
5623Kecha, 4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 4 dekabr kuni “O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi” davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi volontyorlik faoliyatini tashkil etishga qaratilgan fuqarolik tashabbuslarini rivojlantirish, insonparvarlik, bag‘rikenglik hamda hamjihatlilikni qo‘llab-quvvatlash hamda volontyorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
“Assotsiatsiyaning tashkil etilganligini “5 dekabr – Xalqaro volontyorlar kuni”ga munosib sovg‘a deb hisoblash mumkin.
Adliya vazirligi mazkur tashkilot bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga va xayrli ishlarni birgalikda amalga oshirishga umid bildirib, uning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaydi”. Deyiladi vazirlik xabarida.
Avvalroq, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev volontyorlar soni oxirgi vaqtlarda haddan tashqari ko‘payib ketayotganini va u bu holatdan shubha borayotganini aytgandi. Jumladan hokim shunday degan:
“Tovar, pul olish, PayMe’dan pul o‘tkazib berish, kimgadir olib borib berishda haddan tashqari ko‘payib ketyapti volontyorlar. Bir narsani to‘g‘ri tushinglar: volontyorlik kasbmi yo haqiqatan yordam berishmi, yo bundan daromad olishmi? Shuni farqiga borolmayapman. O‘zi volontyor tushunchasi nima degani? Ko‘ngilli ishchi degani. Lekin men birorta volontyorni uyda yotgan qariyaning oyog‘iga tog‘oracha tutib, sovunlab yuvib qo‘yganini ko‘rmadim. Sochini tarab qo‘ying, yuvib qo‘ying. Shuni hech ko‘rmadim. Hammasi sumka-sumka narsa olib borib tashlash bilan ovora. Buni bir ko‘rib chiqishimiz kerak. Volontyorlik xizmatlari bo‘yicha ham ko‘rib chiqib, chuqur o‘ylashimiz kerak. Yengil o‘ylab o‘tiradigan narsa emas”.
LiveBarchasi