O‘zbekiston va Turkmaniston chegara masalasini muhokama qildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 30 sentyabr – 6 oktyabr kunlari Nukus shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha Qo‘shma O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir davomida tomonlar demarkatsiyaning me’yoriy-texnik hujjatlarini solishtirib chiqdilar va ularni O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha Qo‘shma O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi tomonidan tasdiqlashga kiritishga kelishdilar.

Uchrashuvda, shuningdek, o‘zaro chegarada ayerofotosuratga olish yuzasidan fikr almashildi. 

Muzokaralar yakunida delegatsiyalar rahbarlari - O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari To‘lqin Abdullayev va Turkmaniston Mudofaa vazirligining 5-sonli korxonasi rahbari Mamed Mammedov tegishli Bayonnoma imzoladilar.


Maqola muallifi

Teglar

chegara O'zbekiston-Turkmaniston

Baholaganlar

127

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing