O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida 500 mln dollarlik kompaniya tashkil etiladi

Jamiyat

image

Ustav kapitali 500 million dollar bo‘lgan O‘zbekiston-Singapur investitsiya kompaniyasi tashkil etiladi. Bugun, 17 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida ushbu kompaniyani tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Singapurda joylashgan “Istana” qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Singapur Bosh vaziri Li Syan Lun muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev Singapur bilan yaqin istiqboldagi hamkorlikning quyidagi beshta asosiy yo‘nalishini ko‘rsatib o‘tdi:

•  inson kapitalini rivojlantirish va davlat boshqaruvi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
•  Singapurni O‘zbekistondagi xususiylashtirish jarayonlariga jalb qilish;
•  ilg‘or “yashil” texnologiyalar va raqamli yechimlarni jalb qilish;
•  shahar infratuzilmasi va kommunikatsiyalarni takomillashtirish;
•  investitsiyalar va o‘zaro savdoni kengaytirish, Singapurning yetakchi kompaniyalari bilan qo‘shma loyihalarni ilgari surish.

Ushbu uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Li Syan Lunni o‘ziga qulay vaqtda O‘zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif etdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Singapur Prezidenti Halima Yaqubni ham o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda O‘zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Singapur

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing