O‘zbekiston va Rossiyaning maxsus kuchlari Sibirda harbiy mashg‘ulot o‘tkazdi

Jamiyat

image

Avvalroq Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasidagi Sayana tog‘larida RF Markaziy harbiy okrugi va O‘zbekiston maxsus topshiriqlar bo‘linmasi (spetsnaz) qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishi haqida xabar bergan edik. 

Rossiya Markaziy harbiy okrugi Matbuot xizmatining xabar berishicha, kecha, 8 iyun kuni Markaziy harbiy okrug (MHO) va O‘zbekiston maxsus kuchlari Krasnoyarsk o‘lkasida qo‘shma mashg‘ulotlarni boshlagan. 

“Krasnoyarsk o‘lkasida MHO va O‘zbekiston Respublikasi maxsus kuchlarining qo‘shma mashqlari boshlandi. Maxsus kuchlar qo‘mondonlariga jangovar topshiriqni bajarish to‘g‘risida buyruq berildi”, deyiladi xabarda.

Birinchi bosqichda harbiy xizmatchilar toshloq joylardan o‘tishlari, shuningdek, G‘arbiy Sayana tog‘ tizmasining yurish qiyin bo‘lgan toshli yerlarida shartli ravishda jarohat olganlarni balandlikka olib chiqish va olib tushishi kerak bo‘ladi, shuningdek bemorlarni hayvonlar yordamida evakuatsiya qilishi kerak. Mashg‘ulotning barcha ishtirokchilari Rossiyaning tog‘-kon buyumlari bilan ta’minlangan.

Xabarga ko‘ra, joriy yilning 8-11 iyun kunlari Markaziy harbiy okrug va O‘zbekiston Respublikasi maxsus kuchlari qo‘shma taktik va maxsus mashg‘ulotlarni olib boradi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar belgilangan vazifalni hal qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalar bilan almashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

78

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing