O‘zbekiston va Rossiya AES quriladigan joy bo‘yicha bir to‘xtamga keldi

Olam

image

O‘zbekistonda Rosatom loyihasi asosida quriladigan birinchi atom elektr stansiyasi uchun qurilish maydoni bo‘yicha bir qarorga kelindi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

“AES quriladigan maydon bo‘yicha kelishuvga erishildi”, degan u.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqtlarda Rosatom rahbariyati va o‘zbekistonlik hamkasblar o‘rtasida navbatdagi maslahatlashuv o‘tkaziladi. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 2018 yilning Navoiy viloyatida AES qurish to‘g‘risida Hukumatlararo kelishuv imzolangandi.

Rosatom loyihasida ikkita VVER-1200 tipdagi reaktorli energobloklar qurish nazarda tutilgan. AESning birinchi energoblokini 2028 yilda ishga tushirish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya AES

Baholaganlar

193

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing