O‘zbekiston va Rossiya AES bo‘yicha yangi kelishuvlar imzolaydi

Olam

image

O‘zbekiston joriy yil oxirigacha AES qurilishi bo‘yicha Rossiya bilan qator yangi hujjatlar imzolaydi. Bu haqda “Rosatom” rahbari Aleksey Lixachyov ma’lum qildi.

“Yil oxirigacha qandaydir hujjatlar aniq imzolanadi. Muzokaralar juda murakkab. Chunki narx masalasida kelishish kerak va bu aniq ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Loyihalash bosqichi kelajakdagi shartnomalarning ko‘rsatkichlariga ham ko‘p tomondan ta’sir qiladi”, dedi Lixachyov.

“Rosatom” rahbari birdainga ikki muhim va yechilishi qiyin masalani ko‘rsatib o‘tdi.

“Biz ikki masalani hal qilyapmiz: loyihaviy ishlar bo‘yicha kelishyapmiz hamda o‘sha loyihani amalga oshirish yuzasidan muzokara olib boryapmiz”, deb aniqlik kiritdi Aleksey Lixachyov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yil oxirigacha ushbu masalalarga yechim topiladi. Bu ikki yo uch shartnoma bilan hal bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya AES Aleksey Lixachyov

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing