O‘zbekiston va Rossiya harbiylarining Termizdagi mashg‘uloti qanday o‘tmoqda? (video)

Jamiyat

image

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirliklari Surxondaryoning Termiz shahri poligonida harbiy mashg‘ulot o‘tkazayotgani haqida xabar bergandik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati ushbu mashg‘ulotlar qanday ketayotgani aks etgan videolavhani e’lon qildi. 

Qayd etish kerakki, ushbu harbiy mashg‘ulotlar joriy yilning 30 iyulidan 8 avgustiga qadar “Termiz” okrug dala o‘quv maydonida bo‘lib o‘tadi. 

Ma’lum qilinishicha, mazkur hamkorlikdagi mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni mustahkamlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish, maxsus operatsiyalar o‘tkazishini rejalashtirish hamda qo‘shinlarni tayyorlash, o‘zaro tajriba almashishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, 2 avgust kuni “Termiz” poligonida “Janub-2021” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma o‘quvining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qayd etish kerakki, bunday harbiy mashg‘ulotlar Tojikistonning “Harb maydon” poligonida ham bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rossiya va O‘zbekiston harbiylari ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

57

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing