O‘zbekiston va Ozarbayjon Abadiy do‘stlik to‘g‘risida shartnoma imzoladi
Jamiyat
−
21:06 341 1 daqiqa
Bugun, 23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma hamda Oliy davlatlararo kengash uchinchi yig‘ilishining qarorini imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbarlari huzurida quyidagi hujjatlar imzolangan:
- Pensiya ta’minoti sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Madaniyat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- 2030 yilga qadar tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha dastur;
- Investitsiyalar va savdo sohasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi;
- Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2027-2028 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
- Adliya vazirliklari o‘rtasida 2027-2028 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
- Kinologiya sohasida tajriba almashish va hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
- Urganch va Xonkendi, Buxoro va Lochin, Urganch va Naxchivon shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi bayonnomalar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Toshkentga kelgan edi. Tashrif doirasida Ko‘ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev tor doirada uchrashuv hamda Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishini o‘tkazdi.
Live
Barchasi