O‘zbekiston va Ozarbayjon harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni ratifikatsiya qiladi

Jamiyat

image

Kecha, 6 aprel kuni chaqirilgan Oliy Majlis Senatining o‘ttiz to‘qqizinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o‘rtasida harbiy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o‘rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlar ko‘rib chiqildi.

Majlisda senatorlar ratifikatsiya qilish uchun taqdim etilgan bitimlarni yuqori baholab, Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida mudofaa sohasidagi hamkorlik ikki davlat armiyalarining mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash va salohiyatini oshirishga xizmat qilishini ta’kidlagan.

Shuningdek, ushbu Bitimlar Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan va harbiy, harbiy-texnikaviy, harbiy-ta’lim sohasida, shuningdek, tomonlar manfaatlari kesishadigan boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilganligi qayd etildi.

Senatorlarning fikricha, bitimlarning qabul qilinishi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga yangicha turtki beradi va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Qonunlar senatorlar tomonidan ma’qullangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Oliy Majlis Senati Ozarbayjon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing