O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilyapti
Jamiyat
−
19 Sentabr 2020
4957Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida qo‘shimcha aviaparvozlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilyapti. Mang‘istau va Xorazm viloyati hokimligi vakillari hamda ikki mamlakat aviakompaniyalari shu masalani muhokama qildi.
Yangi Aqtau-Urganch yo‘nalishi “Buyuk ipak yo‘li” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. Parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi va dastlabki bosqichda dam olish kuni turi sifatida boshlanadi.
Aqtaudagi O‘zbekistonning Bosh konsuli Nodirjon Turg‘unov ham bu ikki mamlakat o‘rtasida turizm rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.
“Turk dunyosi tarixiga qiziquvchilar Istanbul orqali Aqtauga uchishlari mumkin, udan Urganchga borishlari, Xiva go‘zalligini ko‘rishlari, keyin Buxoro, Samarqand, Toshkent, Turkiston va Urumchiga borishlari mumkin. Ushbu yo‘nalish bizning yo‘lovchilarimizda katta talabga ega bo‘ladi”, dedi Aqtau xalqaro aeroporti boshqaruvi raisi o‘rinbosari Meruyert Joldibayeva.
Shuningdek, Qozog‘iston va O‘zbekistonning tarixiy shaharlarini qamrab oladigan qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlari va dasturlarini ishlab chiqish taklif qilindi.
LiveBarchasi