Ekspert: O‘zbekiston va Qozog‘iston MO integratsiyasida lokomotiv vazifasini o‘taydi
Jamiyat
−
17 aprel 2019
4287O‘zbekiston va Qozog‘iston Markaziy Osiyo mintaqasining integratsiyasi ustida birgalikda ish olib boradi. O‘zbekiston tarixchilar jamiyati raisi o‘rinbosari, dotsent, tarix fanlari nomzodi Alisher Sobirov shunday fikrlarni bildirdi.
“Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning O‘zbekistonga davlat tashrifi muhim va tarixiy voqeadir. O‘zbekiston va Qozog‘iston avvalo o‘zining yaqin qo‘shnilari bilan mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaydi, shuningdek, kelajakda iqtisodiy imkoniyatlarni oshirishga harakat qiladi”, deydi Alisher.
Mutaxassisning fikricha, O‘zbekiston va Qozog‘iston Markaziy Osiyoning yirik mamlakatlari hisoblanadi, shu sababdan mintaqaning siyosiy va iqtisodiy lokomotivi vazifasini bajaradi.
“Ayni vaqtda “Toshkent – Nur-Sulton” o‘rtasida ma’lum bir o‘q paydo bo‘ldi deyish mumkin, bu kelajakda aniq shakl va xususiyatlarga ega bo‘ladi. O‘ylashimcha, Markaziy Osiyo davlatlarining integratsiyalashuvi jarayoni asta-sekin davom etadi. Qozog‘iston yetakchisining O‘zbekistonga tashrifi mintaqaning ikki yirik mamlakati buning ustida qattiq ish olib borishini namoyish qildi”, dedi u.
Mutaxassis tashrif ikki tomonlama va xalqaro munosabatlar uchun muhim ekanini qayd etdi. Birinchi navbatda bu yetarlicha murakkab jarayonlarni o‘tkazayotgan Afg‘oniston bilan bog‘liq.
“Ikki mamlakatning afg‘on muammosi ustida birgalikdagi harakatlari ushbu murakkab yo‘nalishdagi samaradorlikni oshiradi”, dedi dotsent Alisher Sobirov.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev joriy yilning 14-15 aprel kunlari O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan bo‘ldi. Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi davomida Soliq rezidentligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlarni tan olish tartibi, O‘zbekiston va Qozog‘istonda faoliyat yuritayotgan ikki mamlakat fuqarolarining mehnat huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida bitimlar, “Markaziy Osiyo” savdo-iqtisodiy hamkorlik markazini tashkil etish to‘g‘risida memorandum va boshqa sohalarga oid kelishuvlar imzolandi.
LiveBarchasi