O‘zbekiston va Qozog‘iston Hukumatlari o‘rtasida yana bir shartnoma imzolandi
Jamiyat
−
09 noyabr 2023
5540Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida "Markaziy Osiyo" Sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazi faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida Bitim imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjatni O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, Qozog‘iston tomonidan Qozog‘iston Savdo va integratsiya vaziri Arman Shakkaliyev imzolagan.
Markazning vazifalariga quyidagilar kiradi:
• davlatlararo hamkorlik aloqalari va xalqaro qiymat zanjirlarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
• chegara hududlari ishlab chiqarish bazasidan foydalanish samaradorligini oshirish;
• Markazdagi ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, modernizatsiya qilish va sanoat korxonalarini raqobatbardoshligini oshirish;
• ikki davlat o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va boshqalar.
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Ozarbayjon, Afg‘oniston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekistonni o‘z ichiga olgan mintaqaviy davlatlararo iqtisodiy tuzilmadir. Tashkilot 1985 yilda Eron, Pokiston va Turkiya tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, uning doimiy kotibiyatining bosh qarorgohi Tehronda joylashgan.
LiveBarchasi