O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida tarixiy hujjat imzolandi

Jamiyat

image

Bugun, 30 iyul kuni oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, shuningdek, davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lgan. Shu jumladan:

  • O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat chegarasining uchastkalari to‘g‘risida shartnoma;
  • “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish to‘g‘risida bitim;
  • Davlat ijtimoiy sug‘urtasi va pensiya ta’minoti to‘g‘risida bitim;
  • Oliy ta’lim sohasidagi kreditlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risida bitim;
  • Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida bayonnoma;
  • Fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga bayonnoma;
  • Qirg‘iz Respublikasining Issiqko‘l viloyati hududida joylashgan kurort-rekreatsiya xo‘jaligi ob’ektlari to‘g‘risidagi bitimga bayonnoma;
  • 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan madaniyat sohasidagi tadbirlar rejasi;
  • 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan turizm sohasidagi qo‘shma harakatlar rejasi;
  • Qirg‘iz Respublikasi Issiqko‘l viloyati Ton tumanida joylashgan “Bo‘ston” pansionati to‘g‘risida shartnoma;
  • 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan agrosanoat majmuasi sohasidagi amaliy chora-tadbirlar rejasi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan birga Issiqko‘l viloyatidagi Cho‘lponota shahriga yetib borgani haqida xabar berilgan edi. U yerda mamlakat yetakchisini Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov hamda uning rafiqasi kutib oldi. Shuningdek, Chingiz Aytmatov nomidagi “Ruh Ordo” madaniyat markazida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyevning Sadir Japarov bilan tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokidagi muzokaralari ham o‘tkazildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing