O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 208 km muammoli chegara qolgan – OAV

Olam

image

Kecha, 9 avgust kuni Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida davlat chegarasining ayrim uchastkalarini demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha muzokara boshlandi. Bu haqda Qirg‘iziston mahalliy matbuoti yozmoqda. 

Qayd etilishicha, muzokaralar Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatining Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tmoqda. 

Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus vakili Nazirbek Bo‘ruboyevning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar qirg‘iz-o‘zbek chegarasining avval kelishilmagan uchastkalari bo‘yicha mamlakatlar pozitsiyalariga aniqlik kiritish niyatida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunda mamlakatlar o‘rtasidagi 1170 kilometr chegara kelishilgan. Endilikda chegaraning qolgan 208 kilometrini kelishish zarur.

Nazirbek Bo‘rubayev ikki davlat hukumatlari chegara masalalarini joriy yilda to‘liq yakunlashni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara uzunligi 1378 kilometr bo‘lib, ularning 85 foizi aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

775

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing