O‘zbekiston va Qirg‘iziston rasmiylari kelishib oldi

Jamiyat

image

Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegaraning umumiy maydonida mojaro holatlarining oldini olish bo‘yicha birgalikda harakat qilishga kelishib oldi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

“2022 yilning 6 may kuni Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jeyenbek Kuluboyev O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov bilan telefon orqali muloqot qildi. Tomonlar chegara hududida salbiy oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik asosida qirg‘iz-o‘zbek hamkorligini mustahkamlash hamda kengaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish uchun birgalikdagi sa’y-harakatlar zarurligini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida tashqi ishlar idoralari rahbarlari Qirg‘iziston-O‘zbekiston munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilgan, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashgan, bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi tashqi siyosiy muloqotlar, jumladan, o‘zaro hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha kuzatuvlarni solishtirgan. 

Avvalroq, Qirg‘iziston Chegara xizmati O‘zbekiston chegarachilari Qirg‘iziston bilan chegarada ushbu davlatning uch nafar fuqarosini o‘tochar qurol bilan jarohatlagani, oqibatda ular vafot etgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining ma’lum qilishicha, kecha, 5 may kuni o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasining Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Oqtom qishlog‘i hududidan o‘tgan qismida bir guruh noma’lum shaxslar O‘zbekistondan Qirg‘izistonga noqonuniy ravishda ko‘p miqdordagi tovar-moddiy boyliklarini olib o‘tayotgani aniqlangan. O‘zbek chegara naryadlari tomonidan ushbu qonunbuzarlikni oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rgan.

Chegara naryadi tomonidan Davlat chegarasi buzg‘unchilarini qo‘lga olish vaqtida, qoidabuzarlarning bir guruhi harbiy xizmatchilarga nisbatan qarshilik ko‘rsatib, kuch ishlatib, tan jarohatlari yetkazgan va qurollarni olib qo‘yishga harakat qilgan.

Ushbu holatda harbiy xizmatchilar qonunchilikda belgilangan tartibda qurol qo‘llashga majbur bo‘lgan. Natijada, 3 nafar shaxs yaralanib, ularning jinoiy sheriklari tomonidan Qirg‘iziston hududiga olib ketilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

205

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing