O‘zbekiston va Qirg‘iziston maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashdi

Jamiyat

image

Kecha, 17 may kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov bilan uchrashdi.

Qirg‘iz matbuotiga ko‘ra, uchrashuv davomida maxsus xizmatlar rahbarlari vertolyotda aylanib, Jalolobod viloyati Ala-Buka tumanining Gavasoy hududidagi qirg‘iz-o‘zbek chegarasining belgilanmagan qismini ko‘zdan kechirgan.

Shuningdek, uchrashuv davomida Qamchibek Tashiyev va Abdusalom Azizov turli masalalar yuzasidan fikr almashgan. Yig‘ilishda tegishli qarorlar qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qirg'iziston

Baholaganlar

398

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made