Mirziyoyev Oqilbek Japarovni qabul qildi
Jamiyat
−
27 aprel 2023 9480 1 daqiqa
Toshkent investitsiya forumi dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarovni qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston-Qirg‘iziston ko‘p qirrali hamkorligiga oid amaliy jihatlar muhokama qilindi.

Ikki tomonlama munosabatlarning bugungi yuksak darajasi mamnuniyat bilan qayd etildi. Jadal muloqotlar davom ettirilmoqda, muhim iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.
Yaqinda O‘sh shahrida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi teatrning yangilangan binosi tantanali ochildi, Qo‘qon shahrida esa sportchilarning spartakiadasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Hududlar forumi va Avlodlar uchrashuvini o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Davlat rahbari avtomobilsozlik, energetika, transport infratuzilmasi, poytaxtlarda savdo uylarini ochish bo‘yicha kooperatsiya loyihalarini tezlashtirish zarurligini ta’kidladi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust