O‘zbekiston va Qatar strategik hamkorlik shartnomasini imzoladi
Jamiyat
−
16 aprel 2024
2658Kecha, 15 aprel kuni O‘zbekiston va Qatar ikki tomonlama strategik sheriklik shartnomasini imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti Tashqi ishlar vazirlarining 2-yig‘ilish doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda bir qator hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilgan.
“O‘zbekiston va Qatar ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik maqomiga ko‘tarish orqali muhim qadam tashlaganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. Toshkentda Qatar Bosh vaziri va Tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy Janobi Oliylari bilan birgalikda Ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi bitimni imzoladik”, deydi vazir Saidov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi ilk diplomatik munosabatlar 1997 yilning noyabr oyida o‘rnatilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qatar Bosh vaziri va Tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgan va u bilan transafg‘on temiryo‘li loyihasini muhokama qilgandi.
Rayhona Ulkanbayeva
LiveBarchasi