O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlik qiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston elchisi Ashraf Xo‘jayev Qatar mehnat vaziri Ali bin Samix al-Marri bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.

Muzokaralar davomida ikki davlat rahbarlari o‘rtasida yaqin do‘stlik va birodarlik aloqalari o‘rnatilgani hamda 2023 yilda uch marotaba oliy darajadagi tashriflar tashkil etilgani yuqori baholangan. 2023 yil iyun oyida Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning Samarqandga tashrifi davomida ikki davlat hukumatlari o‘rtasida ishchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolanganiga alohida e’tibor qaratilgan.

Ushbu hujjatga muvofiq, qo‘shma qo‘mitaning birinchi yig‘ilishini Toshkentda o‘tkazish va tomonlar o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolarini Qatarda ish bilan ta’minlash bo‘yicha o‘zaro muzokaralar uyushtirish to‘g‘risida kelishib olingan.

Bundan tashqari, Qatar mehnat vazirligi talabiga muvofiq, kadrlarni mamlakatdagi alohida markazlarda o‘qitish bo‘yicha fikr almashilgan.

Qatar tomoni oxirgi 10 yil davomida asosan qurilish sohasiga xorijdan kadrlar jalb etilayotganini, hozirgi kunda esa turizm, sog‘liqni saqlash, transport, kompyuter texnologiyalari va boshqa sohalarda malakali mutaxassislarga talab yuqoriligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qatar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing