O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida 11 ta hujjat imzolandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskdagi muzokaralar yakunida Qo‘shma bayonot qabul qildilar.

Davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari o‘rtasida 11 ta hujjat imzolandi. Ular ishlab chiqarish va ilmiy-texnik kooperatsiyani, hududlararo va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim, ommaviy axborot vositalari, nashriyot va poligrafiya faoliyati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa sohalardagi almashinuvlar va hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda davlat rahbarlari muzokaralar samimiy ruhda, samarali o‘tgani, o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishilganini ta’kidladilar.

Belarus Prezidenti o‘tgan yili ikki mamlakat o‘zaro savdo aylanmasida oxirgi yillardagi eng yuqori ko‘rsatkichga chiqqani, bu ijobiy tendensiya bu yil ham davom etayotganini ta’kidladi.

“Muzokaralarimiz amaliy, konstruktiv ruhda o‘tdi hamda Belarus va O‘zbekiston strategik sheriklar ekanini yana bir bor tasdiqladi. O‘zbekiston keyingi uch yilda erishayotgan muvaffaqiyatlaridan juda xursandmiz. Mamlakat rahbariyati iqtisodiyot tarmoqlarini nafaqat modernizatsiya qilyapti, balki sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda inqilobiy o‘zgarishlarni amalga oshiryapti, yangi yo‘nalishlarni hayotga tatbiq etyapti. Bu samarali hamkorligimizga umid bag‘ishlaydi”, dedi Aleksandr Lukashenko.

Tomonlar bundan buyon ham xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasida bir-birini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini tasdiqladilar.

Tashrif arafasida Minskda o‘tgan Hududlararo forumda ikki mamlakat shahar va viloyatlari o‘rtasida 12 hujjat, shuningdek, umumiy qiymati qariyb 300 million AQSH dollari bo‘lgan shartnoma va bitimlar imzolangani qayd etildi.

Shu kunlarda Belarusda o‘tgan O‘zbekiston madaniyati kunlari ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan yorqin voqea bo‘lgani ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston-Belarus' Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

16

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing