O‘zbekiston va Belarus axborot sohasida hamkorlik qiladi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga qilgan ilk davlat tashrifi doirasida 11 ta kelishuv va bitimlar imzolangani haqida xabar bergan edik.

Ana shu hujjatlar orasida O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Belarus Respublikasi Axborot vazirligi o‘rtasida ommaviy axborot vositalari, nashriyot va matbaa faoliyati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim ham bor.

Bugun, 1 avgust kuni O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov va Belarus Respublikasi Axborot vaziri Aleksandr Karlyukevich o‘rtasida bitim imzolandi. 

Ushbu hujjatda ikki mamlakat o‘rtasida ommaviy axborot vositalari, nashriyot, matbaa faoliyati sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish ko‘zda tutilgan. Har ikki mamlakat ommaviy axborot vositalari vakillari, noshirlik va matbaachilik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar xodimlari ishtirokida tanlovlar, seminarlar, ko‘rgazma-yarmarkalari va simpoziumlar o‘tkazish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Komil Allamjonov Aleksandr Karlyukevich

Baholaganlar

5

Reyting

3.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing