O‘zbekiston va BAA Abu-Dabiga kiritilmagan o‘zbekistonliklar masalasini muhokama qildi
Jamiyat
−
02 dekabr
3847Bugun, 2 dekabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Said Matar al-Qamziyni qabul qilib, o‘zbekistonliklarning BAAga kirishi bilan bog‘liq muammoni muhokama qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
“Tomonlar so‘nggi kunlarda O‘zbekiston fuqarolarining Birlashgan Arab Amirliklari hududiga kirishlarida kuzatilayotgan qiyinchiliklar bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha fikr almashdi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mavjud holatni imkon qadar qisqa muddatlarda hal qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib olingan.
Shuningdek, uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abu-Dabi shahridagi Shayx Zoid nomidagi xalqaro aeroportga Toshkent–Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha Wizz Air aviaqatnovi orqali uchib borgan 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi noma’lum sabablarga ko‘ra amirliklar hududiga kiritilmagandi.
LiveBarchasi