O‘zbekiston va Afg‘oniston futbol klublari bellashdi (video)

Sport

image

Termiz shahridagi “Alpomish” o‘yingohida O‘zbekiston hamda Afg‘oniston davlatlarining futol klublari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi birinchi bor tashkil etildi. Bahsda Afg‘onistonning “Istiqlol” futbol klubi Surxondaryo viloyatining “Qiziriq” futbol jamoasi bilan ro‘baro‘ keldi.

Bahsning dastlabki daqiqalaridan qizil libosda harakat qilgan mehmonlar tezkor hujumlar uyushtirib, mezbon jamoa vakillarini shoshiltirib qo‘ydi. Biroq “Qiziriq” futbol klubi o‘yinchilari qarshi hujumda ko‘proq tezkor kombinatsiyalarni ishlatib, mehmonlar darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Mazkur urunishlar o‘z samarasini berib, uchrashuvning birinchi bo‘limida “Qiziriq” futbol klubi vakillari mehmonlar darvozasiga ikkita to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi ham qiziqarli vaziyatlarga boy tarzda o‘tdi. Har ikki jamoa vakillarini stadionga tashrif buyurgan muxlislar qo‘llab-quvvatlab turdi. Mehmonlar hisobni o‘zgartirish uchun bor kuch imkoniyatlarini ishga soldi. Ammo, mustahkam himoyani namoyish etgan “Qiziriq” futbol klubi vakillari har bir nuqtada ustuvor harakat qilib, mehmonlarni hujumini galma-gal qaytarib turdi.

Shunday qilib uchrashuvning ikkinchi bo‘limida hisob o‘zgarmadi. 2-0 hisobida “Qiziriq” futbol klubi jamoasi Afg‘onistonning “Istiqlol” jamoasi ustidan g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Istiqlol O'zbekiston futbol Qiziriq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made