O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidagi qamishzorlar yoqilmoqda (video)

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Afg‘oniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur tadbir zararli hasharotlar ko‘payishi va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida mutasaddi idoralarning ruxsati va mas’ul organlarning o‘zaro kelishuvi asosida olib borilmoqda. Yong‘in harakatlari va ularning ko‘lami to‘liq nazorat qilinmoqda.

Ushbu tadbir belgilangan rejaga muvofiq va xavfsizlik choralariga rioya etgan holda amalga oshirilmoqda.

“Fuqarolardan vaziyat bo‘yicha ortiqcha vahimaga berilmaslikni, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan esa aholi o‘rtasida vahima keltirib chiqaruvchi asoslanmagan axborot tarqatmaslikni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston O'zbekiston chegara Amudaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing