O‘zbekiston va Afg‘oniston Alisher Navoiy maqbarasini ta’mirlaydi

Olam

image

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan birgalikda shoir va davlat arbobi Alisher Navoiyning Hirot shahridagi maqbarasini ta’mirlashni rejalashtiryapti. Bu haqda “Tolonews” xabar bergan.

Ta’mirlash ishlarini maqbaraning o‘zi va unga yondosh hududlarda olib borish rejalashtirilgan. Rekonstruksiya ishlari Navoiy tavalludining 580 yilligini nishonlash doirasida amalga oshiriladi.

Afg‘oniston Axborot va madaniyat vazirligining ma’lum qilishicha, rasmiy Toshkent va Kobul bu sanani birgalikda nishonlashga tayyorlanyapti.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston 2003 yilda ham Alisher Navoiy maqbarasini ta’mirlash niyatini bildirgan. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tegishli qarorni imzolagan, loyiha tayyorlangan. Biroq UNESCO bunga qarshilik qilgan. Tashkilot tayyorlangan loyihani juda ham zamonaviy ekanini ta’kidlagan. O‘shanda loyiha bekor qilinib, maqbarani ta’mirlash ishlari bilan Afg‘oniston hukumati shug‘ullangan. Ta’mirlashga 60 ming dollar ajratilgan, asli o‘zbek bo‘lgan afg‘onistonlik tadbirkor Xoji Abdulla yana 10 ming dollar xayriya qilgan.

Alisher Navoiy (1441 yilda 9 fevral – 1501 yil 3 yanvar) – shoir, mutafakkir va davlat arbobi. 15 yoshida shoir sifatida tanilgan. Hirot, Mashhad va Samarqand shaharlarida tahsil olgan. 1469 yilda Xuroson hukmdori Sulton Xusayn uni muhrdor lavozimiga tayinlagan. 1472 yilda vazir lavozimiga tayinlanib, “amir” unvonini olgan.

Navoiy “Xamsa” asari va ko‘plab devonlarni yozgan. Bundan tashqari qator ilmiy asarlari ham bor. Navoiy 1501 yil boshida Hirot shahrida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Navoiy

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing