O‘zbekiston-Urugvay uchrashuvining vaqti ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Avvalroq, FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiton milliy terma jamoasi joriy yilning oktyabr oyida Urugvayga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi haqida xabar berilgan edi. Ushbu uchrashuvning vaqti va qaysi stadionda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 12 sentyabr kuni Malayziyada mazkur o‘yinga doir tashkiliy masalalar bo‘yicha jamoalar ishtirokida uchrashuv o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, o‘yin joriy yilning 13 oktyabr sanasi, Toshkent vaqti bilan soat 17:45 (mahalliy 20:45) da o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. Uchrashuv “Hang Jebat” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Urugvay milliy terma jamoalari ilk bor 2018 yilda Montevideodagi "Estadio Cyentenario" stadionida o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan. Ushbu bellashuvda O‘zbekiston MTJ 3:0 hisobida yutqazgan. Qayd etish joiz, o‘sha o‘yinda o‘zbekistonliklar bosh murabbiyi lavozimini vaqtinchalik Timur Kapadze egallab turgan edi.

Ikkinchi bellashuv esa 2019 yilda “China Cup” o‘rtoqlik turniri doirasi bo‘lib o‘tgan. O‘sha o‘yinda ham urugvayliklar O‘zbekiston MTJ darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Urugvay Jahon chempionati FIFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing