O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Vetnamdan ustun keldi

Sport

image

Ayni kunlarda Xitoyda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 13 oktyabr kuni Vetnam terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.

Srechko Katanets shogirdlari ustunligi ostida o‘tgan o‘yinda 2:0 hisobi qayd etildi. O‘zbekiston terma jamoasidan gollarga Oston O‘runov va Husniddin Aliqulov mualliflik qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi o‘yinini Xitoyga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 16 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston-Vetnam o‘yinida bitta jamoa oltidan ortiq almashtirishni amalga oshirgani uchun o‘yin natijasi FIFA reytingiga kiritilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy O'zbekiston milliy terma jamoasi Srechko Katanets

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing