O‘zbekiston ukrainalik bolalarga birinchi sinf to‘plamlarini yubordi

Jamiyat

image

Ukrainalik bolalarga O‘zbekiston jamoat tashkilotlari va ishbilarmonlari nomidan insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda Ukrainaning Toshkentdagi elchisi Mikolo Doroshenko ma’lum qildi.


Insonparvarlik yordami paketidan erkaklar, ayollar va bolalar uchun futbolkalar, shuningdek, 2000 ta birinchi sinf to‘plami – maktab sumkasi, daftar, rasm daftari, rangli qog‘oz, plastilin, ruchka, yelim, qalam, rangli qalam, akvarel va qalam qutisi joy olgan.
Gumanitar yukni Ukraina-O‘zbekiston do‘stligi xalqaro jamiyati rahbari Lyubomir Bashinskiy qabul qilib olgan.

Birinchi sinf o‘quvchilari uchun to‘plamlar Xarkov, Xerson, Nikolayev va Zaporoje viloyatlaridan yetimlar va ko‘chirilganlarning bolalariga topshiriladi. 

“Ushbu aksiya tashabbuskorlariga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman. Bu xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik bardavomligini tasdiqlaydi. Rahmat O‘zbekiston!” deb yozdi Ukraina elchisi Mikolo Doroshenko.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing