O‘zbekiston Ukrainaga ikkinchi gumanitar yordamni yubordi

Jamiyat

image

Kecha, 6 iyun kuni O‘zbekiston Ukrainaga navbatdagi gumanitar yordam jo‘natdi. Bu haqda Zakarpat viloyati ma’muriyati rahbari Viktor Mikita ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 19 tonnadan ortiq dori-darmonlar samolyot orqali Slovakiyadagi gumanitar markaziga olib kelingan, so‘ng ular Zakarpat viloyatiga yetkazilgan.

“Biz antibiotik va vitaminlar haqida gapiryapmiz — jami 200 ming donadan ortiq miqdorda 12 ta mahsulot. Yordam miqdori 1 million dollardan oshadi. Bu O‘zbekiston vakillari bilan hamkorlik doirasidagi ikkinchi gumanitar yordamdir”, deydi Viktor Mikita.

Ta’kidlanishicha, yordam zudlik bilan jangovar hududlardagi harbiy shifokorlarga va himoyachilar davolanayotgan gospitallarga yuboriladi.

“Biz yordam uchun o‘zbekistonlik do‘stlar, tadbirkorlar, ko‘ngillilar hamda shaxsan Ukrainaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor Elchisi Nikolay Doroshenkoga muvofiqlashtirish hamda samarali gumanitar yo‘lak tashkil etgani uchun chin dildan minnatdorlik bildiramiz”, deydi Viktor Mikita.

Eslatib o‘tamiz, bu O‘zbekistonning Ukrainaga yuborgan ikkinchi gumanitar yordamidir. Birinchi marta 8 aprel kuni O‘zbekistondan Ukrainaga 34 tonnadan ortiq gumanitar yordam yuborilgan. Yordam tarkibi dori-darmon, individual dori qutilari, uzoq muddat saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari, jami 400 ming donadan ortiq bo‘lgan 21 ta pozitsiyadagi mahsulotlardan iborat edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Ukraina gumanitar yordam

Baholaganlar

251

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing