O‘zbekiston U-17 jamoasi Ispaniya bilan durang o‘ynadi
Sport
−
16 noyabr 2023
3939Indoneziyada o‘tayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati 3-turida O‘zbekiston Ispaniyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda Jaloliddin Rahmatullayev murabbiyligidagi o‘smirlar guruhda birinchi o‘rinda borayotgan jamoa bilan durangga imzo chekdi.
Uchrashuvning dastlabki 20 daqiqasida ispaniyalik futbolchilar O‘zbekiston darvozasini ikki bor ishg‘ol qilib, o‘yin taqdirini deyarli hal qilgandek ko‘ringandi. Birinchi golni o‘yinning 10-daqiqasida Igor Oyono urib, hisobni ochgan bo‘lsa, 19-daqiqada Roberto Martin ispanlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Birinchi taym yakunida o‘zbekistonlik futbolchi Behruz Shukurullayev hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi – 1:2.
Ikkinchi bo‘limni faol boshlagan Jaloliddin Rahmatullayev shogirdlari 53-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv hakami dastlab futbolchining o‘yindan tashqari holatda qolganiga ishora qilib, Amir Saidovning golini inobatga olmadi. Biroq vaziyat VARda ko‘rib chiqilganidan so‘ng gol hisobga olindi va jamoalar o‘rtasida o‘ziga xos tenglik yuzaga keldi.
O‘yinning qolgan vaqtida hisob o‘zgarmadi va bahs 2:2 ko‘rinishida durang bilan yakunlandi. Shu tariqa O‘zbekiston ochkolarini 4 taga yetkazib, "B" guruhida 3-o‘rinni band etdi.
LiveBarchasi