O‘zbekiston U-17 Irlandiyaga mag‘lub bo‘ldi
Sport
−
08 noyabr 11025 1 daqiqa
Bugun, 8 noyabr kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining 2-turi doirasida irlandiyalik tengdoshlari bilan o‘ynadi. Murosasiz kechgan bahsda Irlandiya U-17 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tdi. Dasltlab, bahsning 20-daqiqasida Abubakir Shukurullayev hisobni ochib, o‘zbekistonliklarni oldinga olib chiqdi. 31-daqiqada esa Greydi Makdonnel gol urib, hisobdagi muvozanatni tikladi. Shu tariqa, tomonlar birinchi bo‘limda durrangga rozi bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘lim ham shiddatli hujumlar ostida boshlandi. Jamoalar birin-ketin xavfli vaziyatlar yuzaga keltirdi. Bahsning 75-daqiqasida Maykl Nunan irlandiyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi – 2:1. O‘yinning yakunigacha hisob boshqa o‘zgarmadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston U-17 1-turda Paragvayni 1:2 hisobida mag‘lub etgan edi, 3-turdagi bahs esa Panama o‘smirlariga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi