O‘zbekiston-Turkmaniston chegarasini belgilash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi

Jamiyat

image

Buxoro shahrida O‘zbekiston-Turkmaniston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 – 21 yanvar kunlari tomonlar O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi davlat chegarasini delimitatsiya (davlat chegarasini qo‘shni davlatlar o‘rtasida muzokaralar yo‘li bilan umumiy holati va yo‘nalishini belgilab olish) va demarkatsiya (biron-bir ajratuvchi chiziq o‘tkazilishi va chegarani aniqlash) masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning qo‘shma majlisiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini ko‘rib chiqqan. Jumladan, davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha normativ-huquqiy va texnik hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqildi va kelishib olindi.

Yig‘ilishda, shuningdek, ishchi guruhlarning 2023 yilga mo‘ljallangan yig‘ilishlari taqvimi kelishib olingan. Muzokaralar yakunida protokol imzolangan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing