O‘zbekiston Turkmaniston bilan chegara demarkatsiyasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

Jamiyat

image

Shu yilning 24-30 avgust kunlari Turkmanistonning Turkmanobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasi delimitatsiya va demarkatsiya masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat delegatsiyalari O‘zbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasining ayrim uchastkalarida demarkatsiya chizig‘i loyihasini o‘tkazishga kelishdilar hamda chegara demarkatsiyasi bo‘yicha normativ-huquqiy va texnik hujjatlar loyihalarini yakunladilar. 

Uchrashuvda umumiy Davlat chegarasida tomonlar bajaradigan demarkatsiya ishlari hajmi ham kelishildi.

Muzokaralar yakunlarida O‘zbekiston va Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari To‘lqin Abdullayev va Mamed Mamedov tegishli protokolni imzoladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Turkmaniston

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing