O‘zbekiston-Turkiya universiteti tashkil etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda O‘zbekiston-Turkiya universiteti tashkil etiladi. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishidan so‘ng ma’lum qildi. 

Ma’lumki, 29-30 mart kunlari Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu uning so‘nggi olti yilda O‘zbekistonga amalga oshirayotgan uchinchi rasmiy tashrifidir. 

Tashrif doirasida Oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va muloqot yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot hamda turli sohalardagi hamkorlik bo‘yicha 9 ta shartnoma imzolandi. 

Prezidentlar yig‘ilishdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdilar. Unda Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an O‘zbekiston-Turkiya universiteti tashkil etilishi haqidagi mujdani berdi. 

“Biz transportdan energetikagacha, sog‘liqni saqlashdan ta’lim va madaniyatgacha bo‘lgan keng ko‘lamdagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldik. Xususan, qardoshim [Shavkat Mirziyoyev] bilan Turk-O‘zbekiston universitetining tashkil etilishiga katta ahamiyat beramiz. Aslini olganda, biz tegishli mas’ullarni tayinladik. Ertaga ular universitet uchun mavjud binoni ko‘rishadi va biz tezda qadamlar qo‘yamiz”, deydi Erdo‘g‘an. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

354

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing