O‘zbekiston Turkiya fuqarosini vataniga ekstraditsiya qildi
Jamiyat
−
16 avgust 2022 7363 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi IIV Interpol milliy markaziy byurosi xodimlari xalqaro qidiruvda bo‘lgan Turkiya fuqarosi qo‘lga olinib, vataniga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Interpol MMB ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Interpolning O‘zbekiston MMB xodimlari tomonidan mamlakat hududida muhrlarga qasddan zarar yetkazish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun qidiruvda bo‘lgan Turkiya fuqarosi qo‘lga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi so‘rov qanoatlantirilgandan so‘ng, Turkiya Respublikasidan kuzatuv guruhi kelgan.
Toshkent xalqaro aeroportida ayblanuvchi Interpolning Anqara Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirilgan.
Live
Barchasi