O‘zbekiston Tojikistonga virusolog shifokorlar jo‘natyapti
Jamiyat
−
08 may 2020 9730 1 daqiqa
Bugun, 8 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ko‘rsatmasi bilan Tojikistonga koronavirus infeksiyasi bilan kurash uchun navbatdagi insonparvarlik yordami yuboriladi. U Mudofaa vazirligi samolyotida yetkaziladi, deb xabar bermoqda “Aziya-Plyus”.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Toshkentdan Dushanbega uchadigan samolyotda 10 ta o‘pkani sun’iy shamollatish apparati, shaxsiy himoya vositalari va boshqa tibbiy buyumlar bo‘ladi.
Bundan tashqari, shu reys bilan Dushanbega koronavirusni davolash tajribasiga ega 8 nafar shifokor ham keladi.
“Ular zudlik bilan Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi aytgan shifoxonalarda ish boshlashga tayyor”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 5 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Imomal rahmon bilan telefonda muloqot qilgandi. Ular mintaqa va dunyodagi epidemiologik vaziyatni muhokama qilib, bir-birlarini mamlakatlaridagi vaziyatdan boxabar qilishgandi.
O‘zbekistonda ayni vaqtda koronavirus aniqlanganlar soni 2314 nafarga yetdi. Ularning 1656 nafari sog‘aygan va 10 nafari vafot etgan. Tojikistonda hozircha 461 kishida koronavirus aniqlangan.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr