O‘zbekiston Tojikistondan elektr energiyasini import qilishni boshladi
Jamiyat
−
20 yanvar 2023
8439Surxondaryo viloyatida aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Tojikistondan qo‘shimcha elektr energiyasi yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Surxondaryo hududiy filiali Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2023 yil 18 yanvar kunidan boshlab viloyatning Sho‘rchi, Oltinsoy, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on tumanlarining 70% aholisi, Bandixon, Qiziriq, Sherobod tumanlarining 90% aholisi va Boysun, Sariosiyo, Uzun, Denov tumanlaridagi barcha iste’molchilar Tojikistonning “Regar-500” podstansiyasidan chiquvchi 220 kVli elektr toki bilan ta’minlangan. Ma’lum qilinishicha, mazkur elektr toki L-Regar-Zarchop va L-Regar-Sherobod elektr uzatish tarmoqlari orqali uzatiladi.
Ushbu tarmoqlardan biri favqulodda o‘chib qolsa, energiyasistemani saqlab qolish maqsadida viloyatdagi tumanlarda elektr energiyasi grafikka asosan cheklanishi mumkin.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi