O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasiga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
21 aprel 5613 1 daqiqa
Asadulla O‘rolovich Qayumov “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, Asadulla Qayumov mazkur lavozimga aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining qaroriga asosan tayinlangan. 2019 yildan buyon ushbu lavozimda ishlab kelgan Ziyoviddin Bositovich Badriddinov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi direktori bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Asadulla Qayumov 1984 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 2007 yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2013 yil Yaponiyaning Veseda universitetini tamomlagan. U tayinlovga qadar Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Asadulla Qayumov ilk faoliyatini 2007 yil mazkur qo‘mitada yetakchi mutaxassis lavozimidan boshlagan va 2017 yilga qadar bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari hamda boshqarma boshlig‘i lavozimigacha ko‘tarilgan. 2022-2025 yillarda qo‘mita raisining o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Live
Barchasi