O‘zbekiston TIV rahbari Qobulga bordi (video)
Olam
−
17 iyul 6540 2 daqiqa
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 17 iyul kuni yuqori darajadagi delegatsiya boshchiligida “Tolibon” va Pokiston rasmiylari bilan uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etish uchun Qobulga bordi. Bu haqda AmuTV xabar berdi.
Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati boshqaruvidagi Arg saroyi bayonotida aytilishicha, muzokaralar uch tomon o‘rtasida davom etayotgan diplomatik hamkorlikning bir qismi bo‘lib, mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishga e’tibor qaratiladi. Tashrif chog‘ida “Tolibon” bosh vaziri Muhammad Hasan Oxundning Saidov bilan uchrashishi kutilmoqda.
Kun tartibidan ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, xususan, infratuzilma va tranzit tashabbuslari, jumladan, O‘zbekiston va Pokistonning salohiyatli savdo yo‘lagi sifatida qiziqish uyg‘otgan Afg‘oniston orqali o‘tadigan mintaqaviy temiryo‘l liniyasiga alohida e’tibor qaratish masalalarini muhokama qilish o‘rin olgan.
Bu uchrashuv avvalgi uch tomonlama sessiyalardan so‘ng bo‘lib o‘tmoqda. Birinchisi 2023 yilda Islomobodda, keyin yana ikkitasi 2025 yilning may oyida – biri Qobulda, ikkinchisi Pekinda bo‘lib o‘tdi.
“Muzokaralar “Tolibon” hukmronligi xalqaro miqyosda rasman tan olinmaganiga qaramay, mintaqaviy kuchlarning Afg‘oniston bilan iqtisodiy va logistika hamkorligini oshirishga qaratilgan kengroq sa’y-harakatlarining bir qismidir”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining Toshkentdagi elchisi Abdul G‘affor Teraviyni qabul qilgandi.
Live
Barchasi