O‘zbekiston TIV rahbari ilk bor Vetnamga bordi
Olam
−
18 mart
4434Bugun, 18 mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Vetnam poytaxti Xanoy shahriga bordi. Bu haqda vazirning matbuot kotibi Ahror Burxonov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Tashqi ishlar vazirining kun tartibidan qator tashkilotlar rahbarlari bilan muzokaralar va uchrashuvlar hamda O‘zbekiston-Vetnam biznes-forumi o‘rin olgan.
Ma’lumot uchun, ikki davlat o‘rtasida 1992 yilda diplomatik aloqalar o‘rnatilganidan beri O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri birinchi marotaba Vetnamga bordi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Baxtiyor Saidov Afg‘onistonga borib, u yerdagi muvaqqat hukumat rahbariyati bilan uchrashgandi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr