O‘zbekiston TIV Moskvada sodir etilgan teraktni qoraladi
Jamiyat
−
23 mart
6262O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moskva shahridagi “Krokus Siti” konsert zalida sodir etilgan teraktni keskin qoraladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
"Terrorizmni oqlab bo‘lmaydi, biz begunoh fuqarolarga nisbatan bunday zo‘ravonlikni bir ovozdan rad etishga chaqiramiz. Halok bo‘lganlarning barcha oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardligimizni bildiramiz", deyiladi Tashqi ishlar vazirligining bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putinga ta’ziya yo‘llagani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi