O‘zbekiston tibbiyot sohasi og‘ir judolikka uchradi
Jamiyat
−
05 dekabr 2019
22324Sog‘liqni saqlash va tibbiyot sohasi og‘ir judolikka uchradi. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Mirhakim Azizov vafot etdi.
Mirhakim Azizov 1974 yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 1982-1984 yillarda Moskvada Markaziy travmatologiya va ordinariya institutida tahsil olgan. 1987 yilda kandidatlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1995 yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Mirhakim Azizov joriy yilda Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangandi.
QALAMPIR.UZ tahririyati nomidan marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.
LiveBarchasi