O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentdagi omadsiz an’anasiga barham bera oladimi?

Sport

image

Bugun, 20 iyun kuni O‘zbekiston va Eron terma jamoalari “CAFA National Cup 2023” finalida o‘zaro to‘qnash keladi.

Bunga qadar mazkur terma jamoalar 11 marta o‘zaro bahsga kirgan va ularning 9 tasida Eron, 1 tasida O‘zbekiston g‘alabaga erishgan. Bitta o‘yinda durang natija qayd etilgan.

Forslar o‘zaro o‘yinlarda 15 ta gol urgan bo‘lsa, o‘zbekistonliklar ikki bor Eron darvozasiga yo‘l topa olgan. Tehronliklar hisobida O‘zbekiston foydasiga bitta avtogol ham yozib qo‘yilgan.

Ta’kidlash joiz, Eronga qarshi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan 6 ta uchrashuvning faqatgina bittasida O‘zbekiston futbolchisi raqib darvozasiga gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Yagonaligicha qolayotgan golga jamoaning amaldagi sardori Eldor Shomurodov mualliflik qilgan.

Shuningdek, bitta durang ham 2009 yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etilgan. O‘zbekiston terma jamoasi Eronni faqat bir marta 2012 yilda Tehronda o‘tgan uchrashuvda Ulug‘bek Baqoyev tomonidan kiritgan gol evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Eron futbol terma jamoa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing