“O‘zbekiston temiryo‘llari”ga rahbarlar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarori bilan “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlari tayinlandi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyatining Axborot-tahliliy media markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Narzullayev Zufar G‘iyosovich – “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ boshqaruv raisi lavozimiga tayinlangan. Uning transformatsiya, raqamlashtirish va moliya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga Rahmatov Hikmatulla Narzullayevich, tashishlar va logistika bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Komiljonov Abdumalik Abduvohidovich, temiryo‘l ob’ektlarini ta’mirlash va qurish bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga esa Rizayev Elyor Abdumalikovich tasdiqlangan.

Bundan tashqari, Hosilov Husniddin Nuriddinovich “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ bosh muhandisi lavozimiga tayinlangan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Narzullayev Zufar G‘iyosovich "O‘zbekiston temiryo‘llari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov temuryo'llar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing