“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” yillik eksport rejasini bajardi
Biznes
−
29 Oktabr
1923Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 75-yillik yubileyi arafasida kombinat tarkibiga kiruvchi “O‘zbekiston texnologik materiallar kombinati” mehnat jamoasi muddatidan avval eksport prognoz rejasini bajarishga muvaffaq bo‘ldi.
Mehnat jamoasiga 2024 yilda 31 050,0 ming AQSH dollari miqdorida sanoat mahsuloti ishlab chiqarish vazifasi belgilangan edi.
Rejaga ko‘ra, yil davomida korxona 30 000,0 ming AQSH dollari miqdorida 750,0 tn molibden metallini hamda 1 050,0 ming AQSH dollari miqdorida 30,0 tn volfram metallini ishlab chiqarishi lozim edi.
Bugungi kun holatiga ko‘ra, briket shaklidagi molibden metalli va
28 060,58 ming AQSH dollari miqdoridagi 567,87 tn briket shaklidagi molibden metalli, shuningdek, 3 304,07 ming AQSH dollari miqdoridagi 61,98 tn shtabik molibden metalli eksportga yuborilgan.
Jami shu kungacha 31 364,65 ming AQSH dollari miqdoridagi mahsulotlar eksport qilindi va prognoz rejasi muddatidan oldin 101,0 % bajarildi.
Korxonaning bu zafarli odimlari OKMK yubiley ayyomiga o‘ziga xos tuhfa bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ma’lumot uchun, ushbu korxona Chirchiq shahrida joylashgan bo‘lib, bu yerda kukunli metallurgiya usuli bilan volfram va molibden chuqur qayta ishlanib, turli xil mahsulotlar, qotishmalar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, chidamli shamotli g‘ishtlar, keramik mahsulotlar hamda asboblar ham tayyorlanadi. Korxonada ko‘plab yangi turdagi mahsulotlar olinishiga ham erishilgan. Xususan, ferromolibden ishlab chiqarish, qurilish uchun quruq aralashma, qattiq qotishmali podshipniklar, oktamolibdat ammoniy, titan-tantal qattiq qotishmasi, yuqori gidropnevmatik plitalar ishlab chiqarilmoqda.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi